Tantal qotishmalari - tarkibi asosan tantaldan iborat qotishmalar. Odatda, tantal volfram (W), molibden (Mo), vanadiy (V), niobiy (Nb), titan (Ti), pyx (Zn), gafniy (Hf), reniy (Re), uglerod (S) va boshqa elementlar bilan legirlanadi. Tantalning volfram bilan hosil qilgan qotishmalari eng koʻp ishlatiladi. Tarkibida 10% volfram boʻlgan qotishma juda yuqori tralarda ham oʻz mustahkamligini, eroziyabardoshligini saqlab qola oladi. Bu qotishma — 130° dan 3000°S gacha tralarda ishlatilishi mumkin. Tantal qotishmalaridan reaktiv dvigatellarning yonish kameralari va soplolari, detallari, issiqbardoshlik talab etiladigan boshqa detallar, sanoat pechlarining qizdirgichlari, kosmik apparatlarning issiqlik oʻtkazmaydigan qoplamalari tayyorlanadi. Tantal qotishmalari elektron texnikada ham ishlatiladi.