Tanya Biank — amerikalik jurnalist, yozuvchi va notiq. U ikkita kitob muallifi, ulardan biri „Army Wives“ telekoʻrsatuvi uchun ilhom manbai boʻlgan.

Tarjimai holi

tahrir

Biank jangovar faxriylar va harbiy xizmatchilar oilasida tugʻilgan. Uning otasi Qoʻshma Shtatlar armiyasida, polkovnik sifatida isteʼfoga chiqqan. Otasi 33 yil xizmat qilgan edi. Singlisi, brigada generali Maria Biank 2009-yilda Tanya Biankning eri bilan bir vaqtda Iroqqa yuborilgan[1][2][3].

Tanya 1989-yilda Herndon oʻrta maktabini tamomlagan. U Pensilvaniya shtati universitetida oʻqigan va u yerda jurnalistika boʻyicha bakalavr darajasini olgan. 1993-yilda universitetni tamomlagananidan keyin Biank Koreyada bir yil yashadi. U koreys tili va madaniyatini oʻrgangan, shu bilan birga qizlar maktabida ikkinchi til sifatida ingliz tilidan dars bergan. Koreyadan tashqari, Biank Germaniya, Kentukkidagi Fort-Noks, Buffalo, New York, Shimoliy Virjiniya va Jorjiya kabi turli joylarda yashagan[3]. Tanya Fulbrayt olim[2].

Faoliyati

tahrir

Biank gazeta muxbiri edi va qoʻshinlar bilan dunyo boʻylab sayohat qildi. U Fayetteville Observer gazetasining sobiq muxbiri[4]. Tanyaning 2002-yildagi Fort Braggdagi qotilliklarni yoritishi Kongressning soʻrovlariga va armiya siyosatidagi oʻzgarishlarga olib keldi[2]. U sharhlovchi va harbiy sohaga oid turli nashrlarda yozuvchi boʻlib ishlagan. Jumladan, Operation Homefront, Military Souse Magazine va Military Officer Magazine[1][3]. Uning ishlari The New York Times va The Wall Street Journal jurnallarida ham nashr etilgan. Biank koʻplab televideniya va radio nashrlarida mehmon boʻldi, jumladan, Good Morning, America, CNN, Fox News, MSNBC, ABC News va NPR .

Tanya ikkita kitob yozgan. Uning birinchi kitobi „Army Wives: The Unwritten Code of Military Marriage“ (2006) dastlab „Under the Sabers: The Unwritten Code of Army Wives“ deb nomlangan. Bu Biank maslahatchi boʻlib xizmat qilgan „Army Wives“ teleserialini ilhomlantirdi. U shuningdek, „Daunted: The Real Story of Americaʼs Servicewomen in Todays Military“ (2013) kitobini yozgan. Biankning „Having it All“ hikoyasi „Table: Laughter, Wisdom, and Strength in Military Life“ jurnalida nashr etilgan[2]. Uning aytishicha, uning bu asari oʻz oilasi haqida emas, balki shaxsiy tajribalari toʻgʻrisida boʻlgan[5].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Biank polkovnik Maykl A. Marti bilan turmush qurgan. Ularning ikki farzandi bor.[2][6].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Tanya Biank:Army Wives. Pritzkermilitary.org (2009-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2005-yil 5-mart.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Tanya Biank“. Elva Resa Publishing. Qaraldi: 2015-yil 10-mart.
  3. 3,0 3,1 3,2 Quattrocchi. „Army Wives: Behind the Scene“. Northern Virginia Magazine (2010-yil yanvar). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-mart.
  4. „Tanya Biank“. Fresh Fiction. Qaraldi: 2015-yil 10-mart.
  5. Barnes. „From 'Army Wives' to military women“. Stars and Stripes (2013-yil 21-mart). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-mart.
  6. Matthews. „'Army Wives' author reaches out to fellow spouses“. U.S. Army (2009-yil 20-avgust). Qaraldi: 2015-yil 5-mart.