Tapajos — Braziliyadagi daryo, Amazonka daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi Juruena irmogʻi boshlangan joydan 2200 km, havzasining maydoni 487 ming km². Juruena (uz. 1000 km) va TelisPiris (SanManuel) daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Braziliya yassitogʻligining gʻarbiy qismidan boshlanib, Amazonka pasttekisligidan oqadi. Oʻzani serostona, sharshara koʻp. Oʻrtacha suv sarfi 15,5 ming m³/sek., noyabrdan martgacha sersuv. SanRuin shahrigacha (quyilish joyidan 300 km masofada) kema qatnaydi.

Tapajos
Tavsif
Uzunligi 1 930
Suv sarfi 13 000 m³/s
Joylashuvi
Davlat Braziliya
Tapajos