Taqachi koʻchasi — Uchtepa tumanining „Oʻtkir“, „Zulfizar“, „Koʻrkamobod“, „Xurshid“, „Quyi Darxon“ mahallalari hududida joylashgan.

Tarixi tahrir

Ziyo Said va Chevar koʻchalari oraligʻida boʻlib, uzunligi 3,5 km atrofida. Toshkent zilzilasi (1966)dan zarar koʻrgan oilalarni uy-joy bilan taʼminlash maqsadida ajratilgan yer uchastkalari qurilishi munosabati bilan paydo boʻlgan yangi koʻchaga 1966-yil 27-dekabrda Raximboboev nomi berilgan. 2005-yil 22-iyundan joyning tarixiy Taqachi nomi bilan yurita boshladilar. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, qadimda Toshkentning shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishi boʻylab shaharga kirib kelayotgan otliqli karvonlar shu joyda toʻxtab, otlariga taqa qoqtirib olganlar. Taqachi nomining kelib chiqishi shundan iborat[1].

Binolari tahrir

Koʻcha yoʻnalishi boʻylab „Labzak“ supermarketi, „Isroilxoji ota“ toʻyxonasi, yonilgʻi quyish shaxobchasi, internet kafe, „doʻkanon“, savdo shaxobchalari, turli xil xizmat koʻrsatish servis maskanlari, shaxsiy va koʻp qavatli turar joy binolari joylashgan.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.