Tarık Akan (1949-yil 13-dekabrda tugʻilgan – 2016-yil 16-sentabrda vafot etgan) – Faoliyatini 1970-yillarda boshlagan. Turk kino aktyori va prodyuseri.

Tarık Akan

Tarık Akan 2018-yil
Tavalludi
Tarık Tahsin Üregül

13-dekabr 1949-yil (1949-12-13) (74 yosh)
Istanbul, Turkiya
Vafoti 16-sentyabr 2016-yil(2016-09-16)
(66 yoshda)
Istanbul, Turkiya
Fuqaroligi Turkiya
Taʼlimi Yıldız Texnika Universiteti
Jurnalistlar kolleji
Kasbi Aktyor, rejissyor
Faoliyat yillari 19702016
Turmush oʻrtogʻi Yasemin Erkut (1986-1989)
Bolalari 3
Mukofotlari Antalya Golden Orange Film Festival
Oltin kapalak mukofotlari
Adana Golden Boll Film Festival
Berlin xalqaro kinofestivali

Yoshligi tahrir

Akan 1949-yil 13-dekabrda Istanbulda Tarik Tahsin Üregül ismi bilan dunyoga kelgan. Akan oilada bir qiz va bir oʻgʻildan keyin uchinchi farzand boʻlgan. Otasi harbiy xizmatda boʻlganligi tufayli oilasi Turkiya boʻylab doimiy ravishda koʻchib yurishgan. Arzirum shahrida oʻqigan, boshlangʻich taʼlimni esa Qayserida tamomlagan. Otasi nafaqaga chiqqandan soʻng, oila Istanbulga koʻchib oʻtdi va Bakırköyga joylashdi. Akan, Yıldız Texnika Universitetining mashinasozlik fakultetiga oʻqishga kirgan, keyinroq Jurnalistlar kollejini ham oʻqib tugatgan[1] . Aktyorlik faoliyatini boshlashdan oldin Bakırköydagi plyajlarda qutqaruvchi boʻlib ishlagan. Harbiy xizmatni 1979-yilda Denizlida tamomlagan[2] . Akan 1980-yil Turkiyadagi davlat toʻntarishidan soʻng ikki yarim oyga qamaldi[3] .

Aktyorlik faoliyati tahrir

Akan „Ses“ jurnalining kino aktyorlari tanlovida ishtirok etdi[4][5], ikkinchi oʻrinni egalladi. Turk filmi rejissyori Ertem Egilmezdan (1929–1989) aktyorlik sanʼatini oʻrgangan. Akan 1970-yilda 21 yoshida „Vefasız“ filmida debyut qildi va sahna „Tarık Akan“ nomini oldi. 1970–1975-yillar orasida Turkiya kinosining gullagan davrida yiliga oʻrtacha 12 ta filmda rol oʻynagan.

Kasalligi va oʻlimi tahrir

Akan oʻpka saratoni bilan kasallangan va bir yildan ortiq davolangan. 2016-yil 16-sentabr kuni erta tongda u 66 yoshida Istanbuldagi xususiy shifoxonaning jonlantirish boʻlimida vafot etdi[6][7]. 18-sentabr kuni Harbiye Muhsin Ertuğrulda oʻtkazilgan xotira marosimi va Teşvikiye masjididagi diniy dafn marosimidan soʻng Bakırköydagi Zuhuratbaba qabristoniga dafn qilindi.

Manbalar tahrir

  1. name="hurriyet.com"„so'nggi-xabar-Tarık Akan- olamdan o'tdi“.
  2. name="hurriyet.com"„so'nggi-xabar-Tarık Akan- olamdan o'tdi“.
  3. name="hurriyet.com"„so'nggi-xabar-Tarık Akan- olamdan o'tdi“.
  4. name="milliyet.com"[www.milliyet.com.tr/cadde/2311708 „so'nggi-xabar-Tarık Akan- olamdan o'tdi“].
  5. name="hurriyet.com"„so'nggi-xabar-Tarık Akan- olamdan o'tdi“.
  6. name="milliyet.com"[www.milliyet.com.tr/cadde/2311708 „so'nggi-xabar-Tarık Akan- olamdan o'tdi“].
  7. name="hurriyet.com"„so'nggi-xabar-Tarık Akan- olamdan o'tdi“.