Tara Davis (1999-yil 20-may) — amerikalik yengil atletikachi. Yopiq inshootlarda uzunlikka sakrash boʻyicha rekordchi[1]. U 2017-yilning 11-fevralida Texasning Frisko shahridagi Dumanis Sports Group Prep Classic musobaqasida 6.68 ball bilan rekord oʻrnatgan.

Tara Davis
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Amerikan
Tavallud sanasi 20-may 1999-yil (1999-05-20) (24 yosh)
Boʻyi 5 fut
Vazni 80 kg
Sport
Qaysi sport Yengil Atletika

Oʻrta maktab davri tahrir

Yil oxirida, Agoura oʻrta maktabiga nomzod boʻlib, u CIF California State Meetda uchta tadbirda gʻolib chiqdi. Uning 100 metrga toʻsiqlar osha yugurish boʻyicha 12,83 natijasi bilan milliy oʻrta maktab rekordini yangiladi. U uzunlikka sakrash boʻyicha ham davlat rekordini oʻrnatgan. U 22 ft 1 natija bilan (6.73 m) Olimpiadachi Marion Jonsning rekordini yangiladi. Davis Marmonte Ligasining boshqa maktabi, Ming Oaks oʻrta maktabiga oʻtadi[2]. Oʻrta maktabni tugatgach, Devis Jorjiya universitetiga oʻqishga kiradi.U yerda unga Petros Kiprianou murabbiylik qilgan[3].

Kollej davri tahrir

Devis Jorjiya universiteti sportchisi sifatida Klaudiya Siciarzning 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi musobaqada 60 metrlik masofaga yugurishidagi natijasi bilan jahon rekordini yangiladi. 2018-yil NCAA Indoor yengil atletika chempionatida u uzunlikka sakrash musobaqasida 3-oʻrinni egalladi. Ushbu musobaqada Davis Keturah Orji va Keyt Xolldan orqada qoldi. Jorjiyadagi mavsumdan soʻng u Texas universitetiga oʻtdi. U transfer qoidalari tufayli 2019-2020 trek mavsumigacha boʻlgan musobaqalarda qatnasha olmadi. 2021-yilda Devis Ostindagi Texas Relays uzunlikka sakrash musobaqasida 7,14 metrga sakrab, kollej rekordini oʻrnatdi[4]. Bu sakrash uni barcha davrlarning eng yaxshi sportchilari 30 taligi roʻyxatiga kiritdi[5].

Faoliyati tahrir

Davis 7,04 metrga sakrab 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi va Olimpiya oʻyinlarida ikkinchi oʻrinni egalladi[6]. Tara Devis uzunlikka sakrash boʻyicha ayollar oʻrtasidagi musobaqada oltinchi oʻrinni egallagan[7].

Havolalar tahrir

Tara Davis at World Athletics

Manbalar tahrir

  1. „USA Track & Field Records Report – 2017“. www.legacy.usatf.org. 2022-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-avgust.
  2. „Agoura's Tara Davis wins three titles at state track championships“. Los Angeles Times (2017-yil 4-iyun).
  3. „College Signing: Tara Davis Class of 2017“. MileSplit United States.
  4. „COLLEGIATE RECORD: Tara Davis Sets Outdoor LJ Standard ::: USTFCCCA“.
  5. „Women's long jump“. www.alltime-athletics.com.
  6. „Track & Field’s Davis punches ticket to Tokyo at U.S. Olympic Trials“. The University of Texas at Austin Athletics (2021-yil 6-iyun). Qaraldi: 2021-yil 30-avgust.
  7. Treisman. „Meet Olympic Power Couple Hunter Woodhall And Tara Davis“. NPR (2021-yil 27-avgust). Qaraldi: 2021-yil 30-avgust.