Tarapacá viloyati
Tarapaka viloyati (ispancha: Región de Tarapacá) — Chilining 16 ta birinchi tartibli maʼmuriy boʻlinmalaridan biri. U ikkita provinsiyani, Iquique va Tamarugalni oʻz ichiga oladi. Shimolda Chili Arika va Parinakota mintaqasi, sharqdan esa Boliviyaning Oruro departamenti va Potosi departamenti, janubdan Chilining Antofagasta viloyati va gʻarbdan Tinch okeani bilan chegaradosh hisoblanadi. Iquique port shahri mintaqaning poytaxti hisoblanadi.
Viloyatning katta qismi bir vaqtlar Peruning Tarapaka provinsiyasiga qaragan boʻlib, u Tinch okeani urushi yakunida 1883-yilgi Ankon shartnomasiga binoan Chili tomonidan qoʻshib olingan. Sintetik nitrat ishlab chiqarish mumkin boʻlgunga qadar, mintaqa intensiv selitra qazib olish joyi sifatida iqtisodiy jihardan muhim hisoblanar edi. Viloyatda bir qancha qarovsiz va foydalanilmaydigan konchilik shaharchalarini hali ham topish mumkin2017|page=25|language=es|date=2003}}</ref> [1].
Hozirgi Tarapaka hududi 2007-yilda Arikada Prezident Mishel Bachelet tomonidan imzolangan 20,175-sonli qonunga muofiq avvalgi Tarapaka hududini boʻlinish yoʻli bilan yaratilgan Hozirda mintaqada investorlar tomonidan butkul islohotlar amalga oshirilinib kelinmoqda[2].
MaʼmuriyatTahrirlash
Mintaqa hukumati prezident tomonidan tayinlangan intendantda istiqomat qiladi. Mintaqadagi ikkita viloyatning har biri kommunalarga boʻlingan.
Viloyat | Poytaxt | Kommuna | Boshqa shaharlar |
---|---|---|---|
Iquique | Iquique | Iquique | |
Alto Hospicio | |||
Tamarugal | Pozo Almonte | ||
Huara | Pisagua | ||
Camina | |||
Colchane | |||
Pika | |||
Pozo Almonte | Mamiña |
IqlimTahrirlash
Mintaqada choʻl iqlimi hukmron hisoblanadi. Sohil yaqinida bulutlilik kun davomida harorat oʻzgarishini cheklashi mumkin, ammo boshqa quruq hududlarda harorat choʻllarga xos boʻlgani kabi juda farq qilishi mumkin. Chekka choʻl mintaqasini 3,000 metr (9,843 ft) masofadan ortiq dengiz sathidan yuqori joylarni topish mumkin, bu yerda yumshoqroq harorat va yoz yomgʻirlari koʻp uchraydi. [3]
DaryolarTahrirlash
- Isluga daryosi
- Cariquima
- Concosa (Altiplano)
Iqtisodiy faoliyatTahrirlash
- Baliq ovlash
- Turizm
- Konchilik
- Cerro Kolorado
- Hamkorlik
ManbalarTahrirlash
- ↑ „Taapaca“ (es) (PDF). sernageomin.cl. SERNAGEOMIN. 25-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-noyabr 2017-yil.
- ↑ Galland, Olivier; Cobbold, Peter R.; de Bremond d’Ars, Jean; Hallot, Erwan (1 June 2007). "Rise and emplacement of magma during horizontal shortening of the brittle crust: Insights from experimental modeling" (en). Journal of Geophysical Research: Solid Earth 112 (B6): B06402. doi:10.1029/2006JB004604. ISSN 2156-2202. https://hal-insu.archives-ouvertes.fr/insu-00155139/file/Galland_et_al-2007-Journal_of_Geophysical_Research__Solid_Earth_%281978-2012%29.pdf.
- ↑ „Arica-Parinacota Region“ (9-mart 2010-yil). 10-may 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-mart 2010-yil. „Arica-Parinacota Region“ Wayback Machine saytida arxivlandi (2020-05-10).. 9 March 2010.