Taras Romanczuk
Taras Romanczuk (talaffuzi: Taras Romanchuk; 1991-yil 14-noyabrda tugʻilgan) — Polshaning Ekstraklasa vakili Jagiellonia klubida va Polsha terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Taras Viktorovych Romanchuk | ||
Tavallud sanasi | 14-noyabr 1991-yil | ||
Tavallud joyi | Kovel, Ukraina | ||
Boʻyi | 1.86 m (6 ft 1 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Jagiellonia Białystok | ||
Raqami | 6 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2004—2005 | MFK Kovel | ||
2005 | BRW-BIK Volodymyr-Volynskyi | ||
2006—2008 | MFK Kovel | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010—2013 | Apperkot Kovel (futsal) | 34 | (13) |
2013—2014 | Legionovia Legionowo | 45 | (3) |
2014— | Jagiellonia Białystok | 259 | (26) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2018 | Polsha | 1 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 27-noyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 8-sentyabr uchun) |
Faoliyati
tahrirUkraina yoshlar futbol ligasi vakillari MFK Kovel va BRW-BIK (ikkalasi ham Volinya yoshlar klublari) da ilk faoliyatini boshlagan Romanczuk Ukrainaning Apperkot Kovel mini-futbol klubida oʻynagan.
Legionovia Legionowo
tahrir2013-yil fevral oyida II liga vakili Legionovia Legionowoga oʻtishi aniq boʻldi. 2013-yil 13-aprelda Zawisza Rzgówga qarshi liga oʻyinning 46-daqiqasida Łukasz Prusikning oʻrniga maydonda tushib debyut qildi. Oʻzining birinchi golini 2013-yil 5-iyunda GKP Targowekga qarshi oʻyinda (3:0) kiritdi. Legionovia oʻsha mavsumni Polsha uchinchi divizioni gʻolibi sifatida yakunladi va shu tariqa I ligaga chiqishi aniq boʻldi.
Jagiellonia
tahrir2014-yil 21 iyulda Polshaning Ekstraklasa klubi Jagiellonia Białystokga yana ikki yilga uzaytirish imkoniyati bilan bir yillik shartnoma asosida qoʻshildi[1]. 2014-yil 15-avgustda Legia Varshavaga qarshi oʻyinning 46-daqiqasida Jonatan Shtraus oʻrniga maydonga tushdi. Uning „Jagiellonia“dagi birinchi goli 2014-yil 9-noyabrda Ruch Chorzówga qarshi oʻyinda (2-5) kiritilgan[2].
2015-yilning 2-iyulida Romanczuk Yevropadagi debyutini UEFA Yevropa ligasida FK Kruoja Pakruojisga qarshi o‘yinda (1:0) o‘tkazdi[3].
2016—2017-yilgi Ekstraklasa mavsumida Jagiellonia Białystok Romanczuk bilan Ekstraklasada oʻz tarixida ilk marotaba ikkinchi oʻrinni egalladi. Gʻolib Legia Warsawdan 2 ochko ortda qolgandi[4]. 2017-yil yanvar oyi boshida 2016-yilda Ekstraklasaning eng yaxshi yarim himoyachisi mukofoti bilan taqdirlandi[5]. 2017—2018-yilgi Ekstraklasada chempion Legia Warsawdan 3 ochko ortda qolgandi, ikkinchi mavsumda Jagiellonia Białystok yana 2-oʻrinni egalladi[6].
Xalqaro faoliyati
tahrirRomanczuk 2018-yilning 15-martida Polsha fuqaroligini qabul qilib, Polsha terma jamoasida oʻynash huquqini qoʻlga kiritdi[7]. Taras Nigeriya va Janubiy Koreyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga chaqirildi. Janubiy Koreyaga qarshi debyut qildi, 61 daqiqa oʻynaganidan keyin Arkadiusz Milik Romanczukning oʻrnini egalladi[8].
2018-yil may oyida 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun Polsha terma jamoasining dastlabki 35 kishilik dastlabki tarkibiga kiritildi[9].
Shaxsiy hayoti
tahrirRomanczuk Ukrainada tugʻilib oʻsgan, ammo butun professional faoliyatini Polshada oʻtkazgan. 2018-yilning mart oyida Polsha fuqaroligini oldi[7].
Faoliyat statistikasi
tahrir- 22-may, 2022-yil holatiga koʻra
Klub | Mavsum | Liga | Liga | Kubok | Qitʼa | Boshqa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | |||
Legionovia Legionowo | 2012—2013 | III liga | 13 | 1 | — | — | — | 13 | 1 | |||
2013—2014 | II liga | 32 | 2 | — | — | — | 32 | 2 | ||||
Jami | 45 | 3 | — | — | — | 45 | 3 | |||||
Jagiellonia Białystok | 2014—2015 | Ekstraklasa | 27 | 4 | 2 | 0 | — | — | 29 | 4 | ||
2015—2016 | Ekstraklasa | 33 | 3 | 2 | 0 | 4 | 0 | — | 39 | 3 | ||
2016—2017 | Ekstraklasa | 33 | 5 | 2 | 0 | — | — | 35 | 5 | |||
2017—2018 | Ekstraklasa | 33 | 5 | 1 | 0 | 4 | 1 | — | 38 | 6 | ||
2018—2019 | Ekstraklasa | 33 | 1 | 5 | 2 | 4 | 2 | — | 42 | 5 | ||
2019—2020 | Ekstraklasa | 35 | 3 | 1 | 0 | — | — | 36 | 3 | |||
2020—2021 | Ekstraklasa | 25 | 2 | 1 | 0 | — | — | 26 | 2 | |||
2021—2022 | Ekstraklasa | 30 | 3 | 1 | 0 | — | — | 31 | 3 | |||
Jami | 249 | 26 | 15 | 2 | 12 | 3 | 0 | 0 | 276 | 31 | ||
Jami faoliyati | 294 | 29 | 15 | 2 | 12 | 3 | 0 | 0 | 321 | 34 |
Xalqaro
tahrir- 8-sentyabr, 2021-yil holatiga koʻra
Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Polsha | 2018 | 1 | 0 |
Jami | 1 | 0 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Т.Романчук: "Яґеллонія — мій шанс розвиватися далі"“ (Ukrainian). football.ua (2014-yil 27-dekabr).
- ↑ „T-Mobile Ekstraklasa: Ruch Chorzów - Jagiellonia Białystok 5:2“ (2014-yil 9-noyabr).
- ↑ „Jagiellonia zwycięża w końcówce“.
- ↑ „Feta w Białymstoku. Jagiellonia wicemistrzem Polski (Zdjęcia, wideo)“ (2017-yil 4-iyun).
- ↑ „Taras Romanczuk najlepszym defensywnym pomocnikiem 2016 roku“ (2017-yil 9-yanvar).
- ↑ „Jagiellonia wygrała z Wisłą Płock. Jednak to nie wystarczyło, by zostać mistrzem“ (Polish). przegladsportowy.pl (2018-yil 20-mart). Qaraldi: 2018-yil 20-mart.
- ↑ 7,0 7,1 „Taras Romanczuk został obywatelem Polski. "To wyjątkowy dzień w moim życiu"“ (pl). przegladsportowy.pl (2018-yil 14-mart). Qaraldi: 2018-yil 27-mart.
- ↑ „Brawa dla Romanczuka. Udany debiut zawodnika Jagiellonii“ (pl). przegladsportowy.pl (2018-yil 27-mart). Qaraldi: 2018-yil 27-mart.
- ↑ „Country switch by Romanczuk backfiresPolish World Cup snub“ (English) (2018-yil 11-may). Qaraldi: 2018-yil 11-may.