Tarasklar (oʻzlarini purepecha deb atashadi) — Meksikadagi indeys xalqlaridan biri. Umumiy soni taxminan 45 ming kishi. T. tili indeys tillari orasida alohida ajralib turadi. Hozirda T. ikki tilda (tarask va ispan) soʻzlashadi. Ispanlar bosqini boshlangan davrda (16-asr boshi) T.ning mustaqil davlati (poytaxti — Sinsunsan sh.) mavjud boʻlgan. T. oʻzlarining etnik hududlari va oʻziga xos madaniyatlarini saqlab krlganlar. Dindorlari — katoliklar, anʼanaviy eʼtiqodlar ham saqlangan. Asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik (joʻxori, sabzavot, mevalar), koʻllar atrofida yashovchilari baliq ovlash bilan shugʻullanadi.