Tarixi Rashidiy
Tarixi Rashidiy — tarixiy asar. 1544—1546-yillarda Kashmirda yozilgan. Muallifi tarixchi Mirzo Muhammad Haydar. Fors tilida yozilgan.
Olimning ikkinchi yirik va mashhur asari “Tarixi Rashidiy”dir. Kitob ikki qism , daftardan iborat bolib, birinchi qismida Mo‘g‘u!iston xalqlarining tarixi Tugluq Temur (1348-1363)dan to Abdurashidxonning taxtga o‘tirguni (1533-y.)gacha boʻlgan davrni o‘z ichiga oladi. Asarda Markaziy Osiyoning XIV—XV asrlardagi ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid yangi, ma’lumotlar ko‘p. Qolaversa, Koshg‘ar, shuningdek, Movarounnahr va Turkistonning XIV—XVI asr boshlaridagi siyosiy tarixini mukammal qamrab olishi bilan qimmatlidir. Asarning ikkinchi qismida, esdalik, xotiralar tarzida yozilgan bo‘lib, Koshg‘ar, Movarounnahr, Afg‘oniston hamda Shim oliy Hindistonning XVI asrning birinchi yarmidagi tarixini oʻrganishda asosiy va qimmatli manbalardan hisoblanadi. “Tarixi Rashidiy” asari uyg'ur, o‘zbek va rus tillariga tarjima qilingan. Asarning qisqartirilgan inglizcha tarjimasi bo'lib, 1895-yili Londonda nashrdan chiqqan. A.O‘rinboyev, R.Jalilova va L.Epifanova ruschaga tarjima qilib, so‘zboshi va zarur izohlar bilan, 1996-yili Toshkentda chop etgan. Oʻzbekcha nashri 2010-yil Toshkentda chop etilgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- Madraimov, Abdumajid. Manbashunoslik: Bakalavriatning tarix yo'nalishi talabalari uchun darslik.
- A. Madraimov, G. Fuzailova. Т.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.
- Zamonov A.. Buxoro xonligi tarixi: metodik qoʻllanma. Toshkent: Bayoz, 2021 — 264-bet. ISBN 978-9943-6372-0-7.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ Zamonov 2021, s. 9.