Tarixi jadidayi Toshkand („Toshkentning yangi tarixi“, uning yana bir nomi „Tarixi viloyati Toshkand“ – „Toshkent viloyatining tarixi“) – Muhammad Solih Rahim Qoraxoʻja oʻgʻlining Toshkent tarixiga atalgan kitobi[1].

Toshkentning yangi tarixi, Tarixi viloyati Toshkand
Asl nomi Tarixi jadidayi Toshkand
Muallif(lar) Muhammad Solih Rahim Qoraxoʻja oʻgʻli
Mamlakat O'zbekiston
Til O'zbek
Janr(lar)i Tarixiy
ISBN 5-633-01899-0

„Tarixi jadidayi Toshkand“ 2 jilddan iborat. 1 jild – umumiy tarix, Turkiston va qoʻshni mamlakatlar tarixi ilgarigi tarixiy asarlar maʼlumotlari asosida yozilgan; 2 jild – oʻz navbatida 3 qismdan tuzilgan; 1 qism – 15—16-asrlardagi Fargʻona tarixi, 2 qism – 15— 19-asrlardagi Turkiston tarixi, jumladan, Qoʻqon xonligi va Toshkent tarixi, 3 qism – Toshkentning geografik tavsifi va muallifning oʻzi haqida yozganlari. 2 jild yozma manbalar, mushohidlar hikoyalari va muallifning oʻz koʻrganlari asosida yozilgan va ilmiy nuqtai nazardan eng qimmatlidir. Shunga binoan bu qism 4 faslga boʻlib keltiriladi va undan soʻng xotima sifatida muallif oʻz hayotini qisqacha tasvirlab, asarni tamomlaydi.

Asarda u asosiy eʼtiborni Toshkentga qaratgan boʻlsada, lekin shahar tarixini butun oʻlkada kechgan voqealar koʻlankasida yoritgan.

Asarning Toshkentga bagʻishlangan qismida shahar topografiyasi (suvlari, qoʻrgʻoni, darvozalari, toʻrt dahasi, mahallalari, madrasa, masjid, maqbaralar, hammom va boshqalar), Rossiya imperiyasi tomonidan Toshkentning bosib olinishi (1865), shuningdek, Toshkent viloyatiga oid qismida esa viloyatdagi mevali daraxtlar, poliz ekinlari, Turkistonning katta qismida tarqalgan dorivor giyohlar, foydali qazilmalar, oʻsimlik va hayvonot olami va turli kasalliklar (bezgak, zotiljam, koʻzapusht, vabo, sarsom, istiskr, kulanj va boshqalar) haqida maʼlumotlar bor. Toshkentning sharqidagi togʻlar tavsifi ayniqsa mufassaldir. Shaharning muallif davridagi tarixi ham batafsil va aniq yoritilgan.

Manbalar tahrir

  1. „«Tarixi jadidayi Toshkand» asari“.