Tarixi salotini mangʻitiya – (Mangʻit hukmdorlari tarixi) – tarixiy asar. Muallifi Mirzo Abdulazim Somiy Boʻstoniy. Asar 1906-1908-yillarda yozilgan. Ushbu asar Buxoro amiri Amir Muzaffarxon davriga bagʻishlangan[1]. Asarda Buxoro-Rossiya munosabatlari, Rossiya bosqini arafasida siyosiy va iqtisodiy ahvol, Samarqandning ruslar tomonidan bosib olinishi, Buxoro amirligidagi yuz bergan voqealar haqida maʼlumotlar keltirilgan. Asarda Abdumalik Toʻra faoliyatiga hayrixohlik bilan yondashilgan[2]. Asarda Somiy oʻzining qarashlarini dalillar asosida oshor qilib yoza olgan[2]. Asar Buxoro amiridan yashiringan holda yaʼni norasmiy tarzda yozilgan. Tarixchi olim Halim Toʻrayev fikriga koʻra asar faktlarga boyligi bilan oʻsha davrdagi mahalliy manbalardan ajralib turadi[3]. Asar uch qismdan iborat. Jumladan asarning umumiy qismi va Amir Muzaffarxonning taxtga kelishi, Rossiya-Buxoro munosabatlari va Rossiya tomonidan Buxoro amirligi hududlari egallanishi, 1904–1905-yillarda rus-yapon urushi va birinchi rus inqilobi, 1898-yilgi Andijon qoʻzgʻolonidan iborat[3]. Mirzo Somiy asardagi voqealarga jonli guvoh boʻlgan. U asarida Jizzaxda boʻlib oʻtgan janglar, magʻlubiyat sabablari haqida yozib oʻtgan[3]. Asarda Amir Abdulahadxon davri haqida ham maʼlumotlar mavjud. Somiy Amir Abdulahadxonni Karmanaga qarorgohini koʻchirganligini tanqid ostiga olgan. Aynan shu sababli barcha iqtisodiy-moliyaviy ishlar Ostonaqul qoʻshbegi qoʻliga oʻtganini takidlaydi. Asarda Amir Abdulahaxon davrida Buxoroda osoyishtalik, xalq farovon yashagani ijobiy tarzda baho beradi[4]. „Tarixi salotini mangʻitiya“ Somiy 1898-yilgi Andijon qoʻzgʻoloni haqida maʼlumotlar keltirilgan. U Dukchi eshon qoʻzgʻoloniga salbiy fikr bergan[4].

Tarixi salotini mangʻitiya
Muallif(lar) Mirzo Abdulazim Somiy Boʻstoniy
Til fors


Manbalar

tahrir
  1. Зияева 2022, s. 52.
  2. 2,0 2,1 Зияева 2022, s. 53.
  3. 3,0 3,1 3,2 Тўраев 2023, s. 133.
  4. 4,0 4,1 Тўраев 2023, s. 137.

Adabiyotlar

tahrir
  • Зияева Доно. Ўзбекистон тарихига оид манба ва тадқиқотлар. Тошкент: Nurafshon business, 2022 — 456-bet. ISBN 978-9943-6044-2-1. 
  • Тўраев Ҳ. Бухоро тарихи ёзма манбалари. Бухоро: Durdona, 2023 — 204-bet.