Tarixiy voqealar va jarayonlarini baholashda sinfiy yondashuv

Tarixiy voqealar va jarayonlarni baholashda sinfiy yondashuv - tarixiy va tarixshunoslik tadqiqotlarining markscha-lenincha metodologiyasining asosiy belgisi, unda voqea va jarayonlar, manbalar malum bir sinf nuqtayi nazaridan organiladi. Sovet hokimiyati yillarida kommunistik partiya rahbarlari va ideologlari tarix fanida nafaqat sinfiy yondashuvni qonunlashtirdi, balki uni mutlaqlashtirdi va uni ilmiy asoslashga urindi. Zamonaviy tarix fanida bunday yondashuvdan voz kechilgan, ammo voqea va jarayonlar bir davrda malum bir mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat bilan bogliq holda roy berishini unutmaslik lozim.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Antropologiya va etnologik tadqiqot usullari B.A. Odilov Toshkent 2021.