Ahmadshoh Durroniy birinchi mustaqil afgʻon davlati podshohi sifatida taxtga oʻtirgach harbiy yurishlar bilan bir qatorda davlat boshqaruv tizimini tashkil etish bilan shugʻullandi. Bu ishda unga Nodir Afshor saroyida xizmat qilgani qoʻl keldi. U erda orttirgan tajribalaridan foydalangan holda u bir qator tadbirlarni amalga oshirdi. Bular sirasida saltanat solnomasi — tarixini yozish ishi ham bor edi. Bu ishni u Mahmud al-Husayniy binni Ibrohim Jomiyga topshirdi. Mahmud al-Husayniy solnomanavislik boʻyicha Nodirshoh Afshor munshiysi Mirzo Mehdixondan taʼlim olgan, tajriba oʻrgangan edi. U 20 yilga yaqin Ahmadshoh xizmatida boʻlib, pod-shoh¬ning barcha harbiy va noharbiy safarlarida unga hamrohlik qildi, voqealarni shaxsan oʻzi kuzatib yozib borishga harakat qildi. Bu haqda muallifning oʻzi kitobdagi maʼlumotlar „shax-siy mushohada“ hamda „sodiq va haqgoʻy“ odamlardan olingan maʼlumotlar asosida yozilganini taʼkidlagan edi. „Ahmadshoh tarixi“ solnomasi 26 bobdan iborat boʻlib, har bob Ahmadshoh podshohligi davrining bir yilini yoritib bora¬di. Kitobda Ahmadshohning fotihona harbiy yurishlari bilan bir qatorda Afgʻonistonning Boburiylar va Shayboniy oʻzbekla¬ri davlati bilan, Turkiston va Movarounnahr xonliklari bilan boʻlgan munosabatlariga ham oʻrin ajratilgan. „Ahmadshoh tarixi“ning faksimil nashri 1974 yilda Doʻst-murod Saidmurodov tomonidan amalga oshirilgan. Nashrga Said-mu¬rodov yozgan muqaddima, annotatsiyali sarlavhalar, xronologiya va koʻrsatkichlar ilova qilingan . Mahmud al-Husayniy ushbu solnomani yozishda koʻp narsada, ayniqsa, uslubda ustozi Mirzo Mehdixonning „Durraye Nodira“ („Nodir duri“) asariga ergashib badiiy sanʼatlardan keng foy-dalangan. Matnda oʻxshatish, istiora, iyhom (koʻp maʼnoli soʻzlar-ning ikki maʼnosini reallashtirib ishlatish) sanʼatlari koʻp ishlatilgani tufayli, u bir tomondan badiiy bezak kasb etgan boʻlsa, boshqa tomondan, asar mazmunini anglashni qiyinlash¬tir-gan. Matnga kiritilgan Qurʼoni Karim oyatlari, hadislar, ular¬ga qilingan havolalar matnni toʻliq va toʻgʻri anglash uchun etarli darajada tayyorgarlikka ega boʻlishni talab etadi. Asarning yana bir oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, unga juda koʻp sheʼriy parchalar kiritilgan. Ular koʻpincha nasrda bayon etilayotgan voqea davomini bayon etadi yoki unga nisbatan muallif munosabatini ifodalaydi. Bu davrda yozilgan muhim tarixiy asarlardan yana biri Nur Muhammad Nuriyning „Gulshani amorat“ („Amirlik gulshani“) kitobidir. Nuriy asli Qandahorlik pashtunlar urugʻidan boʻlib, yuqori-dagi asardan tashqari „Tuhfat al-amir“ („Amir sovgʻasi“)‌‌, „To¬rixe Afgʻoniston“ („Afgʻoniston tarixi“) nomli asarlar mual¬lifi hamdir. U oʻz zamonasining taniqli oʻqimishli insonla¬ri¬dan boʻlgan, dariy va pashtu tillaridan tashqari bir qancha til¬larda soʻzlasha olgan. „Gulshani amorat“ kitobi amir Sheralixonga bogʻishlangan boʻlib, unda voqealar Sheralixon tugʻilgan 1821 yildan to uning ikkinchi bor taxtni egallab ikki yil podshohlik qilgani — 1870 yilga qadar yoritib borilgan. Asar olti gulshan (bob) ga taqsimlangan 43 gul (boʻlim) dan iborat, uning umumiy hajmi 265 sahifani tashkil etadi. U 1956 yilda Afgʻonistonning tarix jamiyati tomonidan chop etilgan. Afgʻonistonlik olim Poʻyo Foryobiyning kuzatishicha, „Gulshani amorat“ til va uslub jihatidan qisman „Torix-e Ahmadshohi“ hamda „Navoyi maorek“ („Janglar navosi“) asarlariga oʻxshab ketadi. Shuning bilan birga muallif oʻz asarini oldingi davrlar, yaʼni XIII — XIV asrlar nasri uslubiga ergashgan holda yozishga harakat qilgan. „Amirlik gulshani“ kitobida, — yozadi Poʻyo Foryobiy, — mazkur davr (XIII — XIV asrlar ­ R. I.) badiiy nasri xususiyatlari koʻzga tash¬lanadi. Unda itnob (fikrni ixcham bayon etish — R. I.), saj, izdi¬voj (sheʼriy misra oxirida maʼnolari bir-biridan farq qiladi¬gan qoʻsh tajnis ishlatish — R. I.) kabi sanʼatlar koʻp ishlatilgan, oyatlar va hadislardan iqtibos (koʻchirma) lar keltirilgan, matnga sheʼrlar va masallar kiritilgan. Garchi bu asar badiiy jihatdan XIII — XIV asrlar nasri darajasiga koʻtarila olmagan boʻlsa ham, uning tili XVIII-XIX asrlarda yozilgan nasriy asarlarning quruq va jonsiz tilidan afzalligi bilan farqlanib turadi" .

Manba tahrir

Dariyzabon adabiyoti XVIII-XIX asrlar