Tarkibiy tahlil usuli (kontent analiz) - tahlil predmeti axborot berish qobiliyatiga ega bolgan matnlar tarkibidan iborat. Tarkibiy tahlil oz mohiyatiga kora xuddi miqdoriy tahlil usuli kabi matn va matnlar majmuasini tahlil qiladi. Tarkibiy tahlilda manba organilayotganda unga yondash bolgan barcha axborot manbalari birdek tahlil qilinadi. Ushbu usulning keng qollanila boshlangan davri axborot asrining boshlanishi bilan bogliq, biroq XVIII asrdayoq Shvetsiyada bu usul bilan bogliq ayrim tadqiqotlar yaratilgan. XX asrning 30-yillaridan bu usul tolaqonli usul sifatida AQSHda ijtimoiy fanlar doirasida keng qollanila boshlandi. Mazkur usulning nazariy masalalarini yaratishda AQSHlik olimlar B.Metyu, A.Tenni, D.Spid, D.Uipkennie va keyinchalik fransiyalik tadqiqotchi J.Kayzerning xizmatlari katta bolgan. Dastlab tarkibiy tahlildan sotsiologik tadqiqotlarda, jumladan, reklama va targibot ishlari materiallarini organishda qollanilgan. Siyosiy tadqiqotlarda qollanilishi yuzasidan dastlabki tadqiqotni G.Lassuel amalga oshirgan. U ikkinchi jahon urushidagi tashviqot va targibot materiallarini organishda metod imkoniyatlarini ochib bergan. 1960 - yillardan boshlab kompyuter texnikalaridan keng foydalanishning boshlanishi bilan ushbu usulga kop murojaat qilish boshlandi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Antropologiya va etnologik tadqiqot usullari B.A. Odilov Toshkent 2021.