Tarnov (meva turi)
Tarnov — oʻrtacha kechpishar urugʻsiz, vinobop uzum navi. Hozirgi Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik ilmiy tadqiqot intida Nimrang va Krra kishmish navlarini chatishtirib chiqarilgan (A. M. Negrul, M. S. Juravel). Tupi oʻrtacha oʻsadi. Barglari oʻrtacha, toʻgarak, besh boʻlmali, orqa tomoni tukli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, konussimon, tigʻiz. Gʻujumi oʻrtacha, dumaloq, sargʻishoch yashil. Poʻsti tarang, yupqa mum/ubor bilan qoplangan. Eti sersuv, sershira. Kurtagi boʻrtgandan keyin faol harorat yigʻindisi 2900° boʻlganda 147 kunda pishadi.
Novdasi yaxshi yetiladi. Hosildorligi 600 s/ga. Sovuqqa chidami past. Sharbatlar, oq va shampan vinolari tayyorlanadi. 1959-yildan Samarqand va Toshkent viloyatlarida rnlashtirilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |