Taroziy (ulamo)
Taroziy, Sayid Abu Nasr Mubashshir (1896, Avliyoota — 1977, Qohira) — ulamo, adib. Toshkentdagi Abulqosim, Buxorodagi Mir Arab madrasalarida oʻqidi. Taniqli ilohiyotchi shayx Muhammad alAsaliy ashShomiy (Shomiy domla)dan saboq oldi. 20y.lar boshida avj olgan xudosizlikka qarshi "Qurʼon va nubuvvat" ("Qurʼon va paygʻambarlik") kitobini yezdi. T.ning oʻzbek tilidagi bu kitobi fors, arab tillarida yozilgan boshqa asarlari bilan birga koʻp oʻtmay shoʻrolar tomonidan musodara qilindi. T. "Ulamoi Turkiston" jamoasining jurnali — "Izoh ulMarom" tahririyatida ishladi (1923), Taroz sh. diniy idorasiga rahbarlik qildi, maktablar ochib islom dinini targʻib etdi. Uning bu faoliyati shoʻrolarga yoqmas edi. T. 1930-yil vatanini tark etishga majbur boʻldi. Muhojirlik (Afgʻoniston, Misr)da yashab ilmiyijodiy ish bilan shugʻullandi. T.ning islom ilohiyotiga oid 47 asari bor, uning diniy mavzudagi makrlalari Misr, Saudiya Arabistoni, Suriya, Iroq, Livan, Hindiston, Yaponiya, Pokiston, Indoneziya, Afgʻonistonda chop etilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |