Tarrak
Tarrak (Cucumis melo ssp. fl exuosus Greb.) – yarim madaniy qovun turiga mansub bir yillik oʻsimlik, poliz ekini. Oʻrta Osiyoda hamda Januniy Gʻarbiy Osiyoda oʻsadi. Mevasi 1 m gacha va undan ham uzunroq boʻlib, egri-bugri koʻrinishga ega (shu sababdan baʼzan ilonsimon qovun deb yuritiladi), mazasi bodringga oʻxshaydi. Bodring kabi barraligida isteʼmol qilinadi. Pishganini yeb boʻlmaydi. Koʻproq Afgʻoniston, Eronda yetishtiriladi. hozir Oʻzbekistonning ayrim joylarida havaskor polizchilar yetishtiradi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |