Tartarak — qushlarni choʻchitib haydashda ishlatiladigan asbob. T. yasash uchun qalinligi 0,5—1, eni 4—5, uz. 35—40 sm va 2 dona taxtaga bir tomondan xuddi shunday qalinlik va enli, uz. 20— 25 sm li taxtacha birkitilib, "rom" hamda uz. 30, diametri 5—6 sm li kattik, yogʻoch gʻoʻlasidan T. oʻqi yasaladi. Buning uchun gʻoʻlachaning ikki tomoni 10 sm uzunlikda yoʻnilib bir tomonidan diametri 3—4 sm dasta chikariladi, oʻrtasida 1 sm chuqurlikda tik yoʻllar ochilgan gupchak qoldiriladi. Soʻngra rom oʻqqa kiydiriladi. Yupqa yogʻoch taxtachadan gupchak oʻlchamida parrak ("til") yasalib, uning bir tomoni "rom"ning koʻndalang taxtachasi oʻrtasiga mahkamlanadi, bir uchi gupchakka takalib turadi. Tilning mustahkam turishi uchun oʻrtasiga bel qoʻyiladi. T. dastasidan ushlab aylantirilganda, "tarillagan" qattiq ovoz chiqadi. T.dan asosan, bogʻ, uzumzorlarni chugʻurchuq va chumchuqlardan qoʻriklashda foydalaniladi.