Tartib sonlar
Tartib sonlar — natural sonlarning boshkacha nomi. Natural, yaʼni butun musbat son chekli toʻplamdagi elementlar sonini yoki tartiblangan ketma-ketlikda element oʻrnini belgilashi mumkin. Birinchi holda natural son miqdoriy son, ikkinchi xolda esa tartib son boʻladi. Cheksiz toʻplamlar uchun Tartib sonlarni umumlashtiruvchi transfinit son tushunchasi kiritiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |