Tashkent pelis xoutel
"TASHKENT PELIS XOUTEL" (Toshkent saroy mehmonxonasi") — 4 yulduzli mehmonxona; Toshkent shahrining Buyuk turon koʻchasi (Navoiy teatri roʻparasi)da joylashgan. 1958-yilda "Toshkent" mehmonxonasi (meʼmor M.Bulatov. L.Karash) nomi bilan bunyod etilgan. Bnno tarhi P shaklida, markaziy korpusi 5 qavatli, yon qanotlari 4 qavatli. 2003-yilda taʼmirlandi (taʼmirlash loyihasi muallifi A.Z.Toʻxtayev; qurilishni "Aysel" firmasi bajargan). 2003 — 04 yillarda "ye MepsNep TaagLegI ra1ake po1e1", 2005-yildan hozirgi nomda. Taʼmirdan soʻng 232 ta xonadan iborat boʻldi; 149 ta 1 oʻrinli lyuks, 39 ta 2 oʻrinli lyuks, 29 ta 1 xonali yeuperlyuks, 13 ta 2 xonali, 1 ta 3 xonali apargamentli va 1 ta prezilent apartamentli xonalari bor. binoning yer osti qismida yorlamchi xonalar, ustaxona va texnik xonalar joylashgan. Ichkari hovlida hovuz, 1-qavatda vestibyul, biznes-markaz va konferensiya zali, sartaroshxona. doʻkon. 210 oʻrinli restoran, 34 oʻrinli qahvaxona, sogʻlomlashtirish markazi faoliyat koʻrsatadi. 2 — 5-qavatlarda turar joy xonalari joylashgan. Ular zamonaviy mebel va boshqa kerakli uskunalar bilan jihozlangan. 6-qavatda shinamgina ayvonli qahvaxona mavjud.
Binoning meʼmoriy yechimi avvalgi koʻrinishda saqlangan. faqat uning granitdan qilingan qismi qayta tiklangan. Yogoch derazalar alyu-miiiy derazalar (shishapeiat) bilan almashtirilgan. Bino yanlda goʻzallashgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |