Tashkiliy texnika
Tashkiliy texnika - boshqaruv va muhandisliktexnikaviy ishlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishda foydalaniladigan texnika vositalari majmui. Unga hujjatlar tayyorlaydigan qurilmalar (mas., yozuv mashinkasi, kompyuter, printer va hokazo), nusxa koʻchirish apparatlari (foto, yorugʻlik, ksero..., elektrfoto, termo..., elektron va hokazo), hujjatlarni ishlash, saqlash va avtomatik tarzda izlash vositalari (mexanizatsiyalashtirilgan kartotekalar, avtomatik izlash qurilmalari va hokazo), chizmachilikloyihalash asbobuskunalari (chizmachilik asboblari, taxtalari, stollari va hokazo), hisoblash qurilmalari (logarifmik lineykalar, elektron kalkulyatorlar), ichki va tashqi aloqa vositalari (telefon, telegraf, teletayp va hokazo) va boshqa kiradi. Bulardan tashqari mebellar, kichik Tashkiliy texnika vositalari (ruchkaqalam, oʻchirgich, xatxabarlarni ishlash mashinalari va hokazo)ni ham Tashkiliy texnikaga kiritish mumkin. Muassasa, tashkilot, korxona, firmalar va birlashmalardagi ish yuritish sifati, tezkorligi, ish samaradorligi, unumdorlik, saranjomsarishtalik koʻp jihatdan Tashkiliy texnikaga bogʻliq.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |