Tashxis, diagnoz — kasallikning xususiyati, mohiyati va bemorning ahvoli qaqida vrachlar bergan qisqacha taʼrif, xulosa, kasallikning nomi. Bemorni toʻgʻri davolash uchun T. aniq qoʻyilishi shart. Toʻgʻri T. qoʻyish uchun bemorda kasallikning oʻtish xususiyatlarini bilish, kasallik belgilarini barcha usullar bilan oʻrganish va boshqa kasalliklarning belgilariga taqqoslab koʻrish kerak. T.ni rasmiylashtirishda asosiy kasallikdan tashqari, unga qoʻshilgan yoʻldosh kasalliklar ham koʻrsatiladi. Erta. qoʻyilgan (kasallikning boshlangʻich belgilariga koʻra), klinik (tekshirishlar natijasiga asoslanib), differensial (farqlash), funksional (aʼzolar funksiyasini tekshirib), davo natijalariga qarab qoʻyilgan, shuningdek, vafotdan keyingi (patologoanatomik) va boshqa T.lar farq qilinadi. Har qanday kasallikni (mas., rakni) oʻz vaqtida aniqlab, toʻgʻri T. qoʻyilgandagina davolash natijasi samarali boʻladi.