Tasmaniyaliklar - Tasmaniya o.ning tub Aholisi, daydi ovchi qabilalar. 1806—76 y. mobaynida ingliz mustamlakachilari tomonidan butunlay qirib tashlangan. Taxminiy baholarga kura, 19-asr boshida T.ning soni bir necha ming kishi boʻlgan. Xoʻjaligi, texnikasi, madaniy taraqqiyoti jihatidan ular 19-asrda Yer yuzidagi eng qoloq etnik guruxlardan biri sanalgan. T.ning qabilaviy tillari va lahjalari, ularning ijtimoiy tuzumi, etnogenezi deyarli oʻrganilmagan. T.da diniy eʼtiqodlar mavjudligi haqidagi maʼlumotlar ham munozarali.