Tasnif — 1) Shashmaqom cholgʻu boʻlimida birinchi, mohiyati boʻyicha bosh qism. T.lar maqom nomi bilan qoʻshilib, Tasnifi Buzruk, Tasnifi Rost, Tasnifi Navo, Tasnifi Dugoh, Tasnifi Segoh va Tasnifi Iroq deb yuritiladi. Ushbu namunalarning aksariyati qad. koʻrinishga ega doira usuli joʻrligida yangraydi. T.lar maqom ijrochiligida yetakchi cholgʻu boʻlmish tanbur mashqlaridan kelib chiqqan. Har bir T.da muayyan maqomning tayanch pardalari negizida oʻziga xos kuyohanglar bayon etiladi. "Xona" va "bozgoʻy" kuy tuzilmalarining navbatmanavbat almashinuvi natijasida T.larning umumiy shakli gavdalanadi, rivoji jarayonida esa "peshrav" uslubi yetakchilik qiladi; 2) Eron va Ozarbayjonda (tesnif) kichikroq shakldagi maqom sharonyalariga oʻxshash lirik ashulalar.