Tastibutoq qabristoni - jez davrita oid yodgorlik (mil. av. 13—12-asrlar). Gʻarbiy Qozogʻistondagi Tastibutoq daryochasi sohilidagi Tastibutoq ovuli yaqinidan topilgan. 3 yodgorlikdan iborat. Tastibutoq I va II qabriston, IIIesa, manzilgoh. Arxeolog V.S.Sorokin qazishma ishlari olib borgan (1956—58). 57 ta qoʻrgʻon ochilgan, yuzga yaqin qabr qazilgan, ularning 10 tasi tosh qutidan, qolganlari esa yorma goʻrlardan iborat. Qabrlardan sirtiga chizikli geometrik shaklda naqsh berilgan sopol idishlar, jez munchoqlar, bilaguzuklar, pichoqlar, bigizlar va turli taqinchoklar topilgan. Aholi chorvachilik, qisman ibtidoiy dehqonchilik bilan shugʻullangan. Tastibutoq qabristoni dan chiqqan materiallar uning Andronovo madaniyatigg mansub qabilalar bilan genetik jihatdan birligini koʻrsatdi.