Tatabanya[1] ( veng.: Tatabánya, nemischa: Totiserkolonie ) — Vengriyaning shimoli-g‘arbidagi shahar, Komarom-Estergon grafligining ma’muriy markazi. Aholisi – 67 043[2] nafarni tashkil etadi (2014).

Tatabanya
Skyline of Tatabanya
Tatabanyaning bayrogʻi
Bayroq
Tatabanyaning rasmiy gerbi
Gerb
47°35′10.18″N 18°23′41.46″E / 47.5861611°N 18.3948500°E / 47.5861611; 18.3948500
Hukumat
 • mer Chaba Shmidt
Maydon 91.42 km2 (35.30 kv mi)
Telefon kodi

+36 34

kenglik =
[[File:|290px|Tatabanya xaritada]]

Geografiya va transporti

tahrir

Shahar Budapeshtdan 55 kilometr shimoli-g‘arbda, Gereche va Vertesh tog‘ tizmalari orasidagi vodiyda joylashgan. Shahardan temir yo‘l va (M1, E-60, E-75) avtomagistrallari Budapesht — Venadan o‘tadi. Budapeshtdan poyezdda borishga taxminan bir soat ketadi.

Tarixi

tahrir
 
Turul yodgorligi

Zamonaviy Tatabanya o‘rnida uchta tarixiy— Alshogalla, Felshyogalla va Banxida aholi yashaydigan joyi bo‘lgan . Ularning eng qadimiysi — Banxida ilk marta — 1288-yilda tilga olingan.

XVI asrda shahar turklar tomonidan qamal etilgan, XVII asr oxirida turklardan ozod qilingandan so‘ng, aholining qisqarishi nemis va slavan mustamlakachilarni jalb qilish orqali qoplanadi. 1787-yilda Alshogallada 580 nafar, Felshyogalla 842 nafar kishi yashagan.

Shahar aholi sonining keskin o‘sishi yaqin joylarda ko‘mir konlari topilgandan keyin XIX asrning birinchi yarmida boshlandi. Shaxtalar yonida yangi qishloq barpo etilib, Tatabanya deb nom oldi.

Ikkinchi jahon urushi tamomlangach, mamlakat kommunistik hukumati sanoatlashtirish dasturini qabul qildi, unga ko‘ra Vengriyaning bir qancha kichik shaharlarini yirik sanoat markazlariga aylantirish rejalashtirilgan edi. 1947-yilda uchta tarixiy va konchilar Tatabanya qishlog‘i  shaharga aylantirildi va u yerda keng  miqyosli qurilish ishlari jadal tus oldi. Alshogalla, Felshyogalla va Banhida shahar hududiga kirdi. Uch yil o‘tgach, shahar Komar-Estergning poytaxti bo‘ldi.

 
Sotsializm davrining qurilish maydonlari
 
Salim g'ori
 
Alshog'alladagi cherkov

Shahar iqtisodiyotining asosini metallurgiya, ko‘mir qazib olish, og‘ir sanoat tashkil etgan. 1980-yillarda shahar aholisi 80 ming nafardan oshdi.

1990-yillarda kommunistik hukumat qulagandan so‘ng og‘ir vaziyat yuzaga keldi va tog‘-kon sanoatining iqtisodiy roli keskin pasayib, shahar aholisi  sezilarli darajada o‘z yerini tashlab ketishi kuzatildi. Shahar iqtisodiyotining strukturasi ham keskin o‘zgardi, ayni kunda shahar aholisi elektr qismlari, qadoqlash materiallari ishlab chiqarish, alyuminiyni qayta ishlash; shuningdek, xizmat ko‘rsatish va savdo bilan shug‘ullanadi. 90-yillardagi iqtisodiy inqirozni yengib o‘tdi. Bugungi kunda Tatabanya — jadal rivojlanayotgan shahar hisoblanadi.

Manbalar

tahrir