Tatevi
Tatevi — kechpishar xoʻraki uzum navi. Armaniston uzumchilik, vinochilik va mevachilik, ilmiy tadqiqot natijasida Echkiemar va Parkent navlarini chatishtirib chiqarilgan (S. A. Pogosyan, E. L. Martirosyan). Tupi kuchli o‘sadi. Barglari oʻrtacha, toʻgarak, besh boʻlmali.
Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, silindrsimon, tigʻiz yoki oʻrtacha tigʻiz. Gʻujumi juda yirik, yumaloq, pushti, usti mum/ubor bilan qoplangan. Poʻsti qalin. Eti goʻshtdor, sersuv. Kurtagi boʻrtgandan keyin faol harorat yigʻindisi 3380° boʻlganda 158— 162 kunda pishadi. Novdalari yaxshi yetiladi. Sovuqqa chidami past. Hosildorligi 165—195 s/ga.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |