Tatra togʻlari
Tatra togʻlari — Karpat togʻlaridagi eng baland togʻ massivi. Chexiya, Slovakiya va Polsha hududlarida joylashgan. Uzunligi 65 km, eng baland joyi 2655 m (GerloxovskiShtit togʻi). Granit, gneys va ohaktoshlardan tuzilgan. Tatra togʻlarida alp relyef shakllari, morenalar, kar koʻllari keng tarqalgan. Karst gʻorlari (Belanskaya, Anabastrova b.) uchraydi. Tatra togʻlari yon bagʻirlarida 1800 m balandlikkacha qoraqayin, oqqaragʻay, qaragʻay, tilogʻoch oʻrmonlari, undan balandda butazorlar, alp va subalp oʻtloqlari bor. Tatra milliy bogʻi, meteorologik rasadxona tashkil qilingan. Turizm rivojlangan. Kurort koʻp, qishki sport markazi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |