Tatyana Vladimirovna Bakalchuk (1975-yil 16-oktabrda tugʻilgan) — rossiyalik tadbirkor, kiyim-kechak, poyabzal, uy-roʻzgʻor buyumlari va boshqa mahsulotlarning xalqaro onlayn-doʻkoni Wildberries asoschisi va bosh direktori. Forbes maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil avgust holatiga koʻra Tatyana Bakalchuk 13 milliard dollar boyligi bilan Rossiyadagi eng boy ayol edi[1]. 2022-yilda esa uning boyligi 2,1 milliard dollarga baholangan[1][2].

Tatyana Bakalchuk
Tavalludi 16-oktyabr 1975
Fuqaroligi SSSR va Rossiya

Tarjimai holi tahrir

Tatyana Bakalchuk (qizlik familiyasi Kim) 1975-yil 16-oktyabrda sovet koreyslari oilasida tugʻilgan. Uning onasi boshlangʻich maktab oʻqituvchisi, otasi esa muhandis edi. U Gazoprovod qishlogʻidagi maktabni bitirgan. 1997-yilda Kolomna pedagogika institutining chet tillar fakultetini tamomlagan. Oʻqishi davomida maktabda ishlab, repetitorlik bilan shugʻullangan. Tatyana dizaynerlik kasbini tanlamoqchi boʻlgan, biroq 1998-yildagi inqiroz sabab uning rejalari oʻzgaradi.

2000-yillarning boshlarida Bakalchuk boʻlajak turmush oʻrtogʻi Vladislav Bakalchuk bilan tanishadi. Vladislav maʼlumoti boʻyicha radiofizik va tadbirkor hamda „Utech“ internet provayderining asoschisi edi. 2004-yilda Tatyana farzandi tugʻilgandan soʻng, oʻz biznes gʻoyasini amalga oshirish haqida oʻylaydi hamda kiyim va poyafzallarning Internet savdosini amalga oshirishni boshlaydi. Erining kompaniyasi tarkibiga kiruvchi dizayn studiyasida veb-sayt yasatadi va mashhur Otto va Quelle kataloglaridan tovarlarni buyurtma qilar va ularni ustiga pul qoʻyib qayta sotardi.

Qiziqarli faktlar tahrir

Qo'shiqchi Anita Tsoy Tatyananing qarindoshi hisoblanadi[3].

Wildberries saytining ilk versiyasini yaratishga 700$ sarflangan[3].

Manbalar tahrir