Tatyana Sergeyevna Yesenina (1918-yil 11-iyunda Moskva shahrida tugʻilgan — 1992-yil 5-mayda Toshkentda vafot etgan) — jurnalist va yozuvchi. Rus shoiri Sergey Yesenin va Zinaida Rayxning qizi.

Tatyana ota-onasining ajrimi va otasining vafotidan soʻng ukasi Konstantin bilan V.E.Meyerxold va Z.N.Rayx oilasida tarbiyalangan.

Biografiyasi tahrir

Tatyana Yesenina 1918-yil 11-iyunda Rossiyaning Orel shahrida tavallud topgan.

1919-yilning may oyida Zinaida Nikolayevna oʻn bir oylik Tanya bilan Moskvaga kelgan. U yerda rossiyalik shoir va yozuvchi Vadim Shershenevichning Krestovozdvijenskiy koʻchasidagi xonadonida qolib, deyarli uch hafta shu yerda yashagan. Iyun oyida Zinaida Oryolga qaytib kelgan va Orlov viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasining sanʼat boʻlimi boshligʻi sifatida ish boshlagan.

1919-yilning oktabr oyida Zinaida Rayx general Denikin qoʻshinlari tomonidan ishgʻol qilingan Orlovni shoshilinch ravishda tark etib, Moskvaga koʻchib oʻtgan. Tatyana esa Orlovda bobosi va buvisi bilan qolgan.

Ulugʻ Vatan urushi oldidan Rayx va Meyerxoldning oʻlimidan soʻng, Tatyana Sergeyevnaning qoʻlida ukasi Konstantin (1920-1986-yy) va kichkina oʻgʻli Vladimir qolgan. Bryusov koʻchasidagi ota-onasining uyidan haydalgan Yesenina Meyerxoldning arxivini Balashixadagi dachada yashirib qoʻygan. Urush boshlanish arafasida esa uni S.M.Eyzenshteyn (Sovet teatr va kino rejissyori, rassom, senariy muallifi, sanʼat nazariyotchisi, oʻqituvchi)ga saqlab turish uchun topshirgan[1].

Ulugʻ vatan urushi yillarida Tatyana Yesenina turmush oʻrtogʻi va oʻgʻli bilan Oʻzbekistonga evakuatsiya qilingan. Tatyana u yerda Aleksey Tolstoy (Tolstoylar oilasidan chiqqan rus va sovet yozuvchisi va jamoat arbobi)ning iltimosiga binoan oilasi bilan kazarmadan kichik xona olgan. Shundan soʻng Yesenina qariyb yarim asr Toshkentda yashab, mamlakatdagi ,,Pravda Vostoka" gazetasida muxbir, Oʻzbekiston nashriyotlarida ilmiy muharrir boʻlib faoliyat yuritgan[1].

U Vsevolod Meyerxold (rus va sovet teatri rejissyori, aktyori va oʻqituvchisi)ning reabilitatsiya qilish jarayonida faol ishtirok etgan. Tatyana Yeseninaning Meyerxold ijodi tadqiqotchisi K.L.Rudnitskiyga yozgan maktublari repressiyaga uchragan rejissor ijodini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi.

Bibliografiyasi tahrir

Yozuvchi „Jenya — chudo XX veka“, „Lampa lunnogo sveta“ nomli roman hamda Sergey Yesenin, Zinaida Rayx va V.E.Meyerxold haqida xotiralar yozgan[2].

Vafoti tahrir

Shoira Tatyana 1992-yil 5-mayda Toshkent shahrida vafot etgan.

Uning dafn marosimi 7-may kuni Sergey Yesenin muzeyida oʻtkazilgan. Jamoatdagi dafn marosimidan soʻng u Toshkent shahridagi Botkin qabristoniga qoʻyilgan[3]..

Uzoq yillar davomida uning qabri ustida kamtarona xoch turgan. Jurnalist Gʻ.Dimov boshchiligidagi tashabbuskor guruh unga munosib qabr toshini oʻrnatish gʻoyasi bilan chiqgan. Shundan soʻng 1999-yilda Tatyana Sergeyevna Yeseninaning Toshkent shahridagi haykali yaratilgan va uning tantanali ochilish marosimida buyuk rus shoirining qizi haqida koʻplab iliq soʻzlar bildirilgan.

Shoiraning oʻlimidan soʻng Sergey Yeseninning Oʻzbekistondagi Toshkent boʻlimi tugatilgan. Asta-sekin uning oʻgʻli Sergey, nevaralari va chevaralari Rossiyaga koʻchib ketishgan.

Oilasi tahrir

  • Turmush oʻrtogʻi — Vladimir Ivanovich Kutuzov (I.I. Kutuzovning oʻgʻli), muhandis boʻlgan va konda ishlagan.

Ikki nafar oʻgʻil farzandi boʻlgan:

  • Katta oʻgʻli — Vladimir Vladimirovich Kutuzov (1938-yilda tugʻilgan).

Undan ikki nevarasi bor.

  • Kichkina oʻgʻli - Sergey Vladimirovich Yesenin (1942-2016-yy) -

qurilish, alpinizm va geodeziya sohasida ishlagan. Matbuot va televideniyeda shoirning avlodlari haqida hikoyalar soʻzlagan.

  • Bir nafar nabirasi Zinaida, biologiya oʻqituvchisi, yana biri Anna esa rassom.

Ikkala oʻgʻlining avlodida Tatyana Yeseninaning nevaralari ham bor[2].

Xotira tahrir

Yesenina vafotidan soʻng „Narodnoye slovo“, „Pravda Vostoka“, „Vecherniy Tashkent“ gazetalari va „Yesenin dunyosi“ jurnalining maxsus sonida (1992-yil, 3-son) S.Yesenin muzeyi direktori S.Nikolyukning Tatyana Sergeyevna bilan uchrashuv xotiralari eʼlon qilingan. Unda jurnalist Gʻ.Dimov, shoir R.Farxadiy, Respublika Oliy Kengashi deputati S.Zininlar ,,Uning ijodi Oʻzbekistonga begona emasligi"ni alohida taʼkidlagan.

  • Sergey Yesenin muzeyida Tatyana Sergeyevnaga bagʻishlangan maxsus xotira tahtasi mavjud;
  • Muzey xodimlari koʻplab sayyohlarga uning ijodiy tarjimai holi haqida aytib berishadi.
  • T.S.Yesenina tavalludining 90 yilligi munosabati bilan uning ijodiy tarjimai holiga oid fotomateriallar koʻrgazmasi ochilgan.
  • Oʻzbekiston Rus madaniyati markazi tomonidan „Yesenin olami“ axborot byulletenining toʻliq Tatyana Sergeyevna Yesenina hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan maxsus 8-soni chop etilgan.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir