Taungu — Myanmaning jan.sharkidagi oʻrta asr davlati. Sitaun daryosi sohilidagi tepalik ustiga qurilgan istehkom (taungu) sifatida 1280-yil vujudga kelgan. Taungu sh. atrofida barpo etilgan. 1347-yil T. hokimi qirol unvonini qabul qilgan. Ava davlati qulagach (1527), T. yagona, yirik, mustaqil Birma davlati bulib qolgan. 16-asrda uning hokimlari parchalangan Birmani T. atrofida birlashtirishga uringanlar. Qirol Bayinnaun bunga erishgan. Uning davrida (1551—81) Birma kuchli davlatga aylangan.