Taut Bruno
TAUT (Taut) Bruno (1880.4.5, Kaliningrad — 1938.24.12, Ankara) — nemis meʼmori, nazariyotchi. Funksionalizm namoyandasi. "Ring" meʼmorlik gurugʻi rahbari. 1900-yil boshlarida Shtutgartda (T. Fisherda) oʻqigan. Moskva (1931—32), Yaponiya (1933), keyinchalik Turkiyada ishlagan. T. birinchilardan boʻlib qurilishda shisha va betonni qoʻllagan, oʻquv va turar joy majmualarini yangi turini ishlab chiqqan [Kyolndagi "nemis Verkbundi" koʻrgazmasidagi "Shishali pavilon", 1914, saqlanmagan, Berlindagi Brits tumani turar joy majmuasi (1925—31) va boshqa]. Meʼmorlikda ranglarni keng qoʻllashni targʻib qilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |