Tavkveri — oʻrtapishar qadimgi gruzin vinobop uzum navi. Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmanistonda ekiladi. Tupi kuchli oʻsadi. Barglari yirik, choʻziq, besh boʻlmali. Guli funksional urgʻochi. Uzum boshi oʻrtacha, konussimon, oʻrtacha tigʻiz. Gʻujumi yumaloq, toʻq binafsharang, gʻubor bilan qoplangan. Poʻsti kalin. Eti sersuv, xushtaʼm. Kurtagi boʻrtgandan keyin faol harorat yigʻindisi 3000° boʻlganda 140 kunda pishadi. Novdalari yaxshi yetiladi. Hosildorligi 100—140 s/ga. Mildyu kasalligi bilan kuchli, oidium bilan oʻrtacha kasallanadi. Yengil vino, yuqori sifatli uzum sharbati tayyorlanadi.