Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi

Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi — Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh shahridan 4 km uzoqlikda, Amudaryoning chap qirgʻogʻida qurilgan. Shahar va stya qurilishi 1956-yil boshlanib, styaning 12 MVt quvvatli birinchi agregati 1961-yil 10 sentabrda ishga tushirilgan. Shu yili styaning oʻrnatilgan quvvatlari 28 MVt birinchi navbati qurilishi nihoyasiga yetkazilgan. 1964-yilda uning 24 MVt quvvatli 2navbati ishga tushirildi. 1969-yilda 200 MVt quvvatli 3navbat, 1974-yilda 110 MVt quvvatli 4navbati ishga tushirildi. 1980—1985-yillarda styaning 1 va 2 navbatlari demontaj qilindi. 1990-yilda 420 MVt quvvatli 5 va 6 navbati tamomlandi va styani kengaytirish ishlari nihoyasiga yetkazildi. Styada oʻrnatilgan quvvatlar 730 MVt ni tashkil etadi. Quvvatlar 220, PO, 35 kV kuchlanishlarda uzatiladi. Oqar suv bilan taʼminlangan. Asosiy yoqilgʻisi tabiiy gaz, zahira yoqilgʻisi mazut. 2003-yilda 2905 mln. kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqardi. Stansiya Oʻzbekiston Respublikasining yagona energetika sistemasiga ulangan.