Taxmonpech — bezak buyumi; taxmonga taxlab qoʻyiladigan koʻrpa, koʻrpacha va boshqa buyumlarni kishi koʻzidan pana qilib turish uchun tutiladigan parda, toʻsiq. Oʻzbekiston hududining turli mintaqalarida oʻziga xos usulda kashta tikib bezatiladi (yana qarang Choyshab).