Taxo, (ispancha: Tajo), yoki Teju[1] (portugalcha: Tejo, lotincha: Tagus), Tagus — Ispaniya va Portugaliyadagi daryo, Pirenei yarim orolda eng uzun. Uzunligi 1010 km, havzasining maydoni 81 ming km². Meseta yassitogʻligini sharqdan gʻarbga tomon kesib oʻtib, quyi oqimida Portugaliya pasttekisligidan oqadi va Atlantika okeaniga estuariy hosil qilib quyiladi. Oʻrtacha suv sart. fy Portugaliya bilan Ispaniya chegarasi yaqinida 438 m³/sek., noyabrdan mart oyigacha sersuv. T.ga GES va suv omborlari qurilgan. Sugʻorishda keng foydalaniladi. Quyilish joyidan boshlab 185 km masofada kema qatnaydi. T. boʻyida Toledo (Ispaniya) va Portugaliya poytaxti Lissabon sh.lari joylashgan.

Taxo
Tavsif
Uzunligi 1 007
Suv sarfi m³/s
Davlat Portugaliya va Ispaniya
Taxo

Manbalar

tahrir