Taxtiravon
Taxtiravon (taxt va fors, ravon — yuruvchi) — qad. va oʻrta asr Sharq mamlakatlarida 2 uzun yogʻochga oʻrnatilib koʻtarib yuriladigan oʻrindiq. 2 uchidan 2 kishi kutarib yurgan. T.da podsho, xon, amir, lashkarboshi, turli amaldorlar, shuningdek, malikalar, badavlat xonadonlarga mansub ayollar koʻtarib yurilgan. T. keyinchalik Sharqdan Gʻarb mamlakatlariga, xususan, Yunonistonga (mil. av. 4-asr), Rimga (mil. av. 1-asr) oʻtgan. Dastlab T.dan ayollar va bemorlar foydalanishgan. Rim imperiyasida dabdababozlik belgisi hisoblangan (serhasham bezatilgan, koʻtarib yuruvchining tashqi qiyofasi, kiyimi bir xil boʻlishiga eʼtibor berilgan).
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |