Taxtlar oʻyini (inglizcha: A Game of Thrones)- amerikalik yozuvchi George R. R. Martinning „Muz va olov qoʻshigʻi“ epopeyasining birinchi romani, fantastik romanlar turkumi debochasi. Asar birinchi marta 1996-yilning 1-avgustida nashr etilgan. Roman 1997-yilgi Lokus[1] va Nebula mukofotiga[1][2] sazovor boʻlgan. 2011-yil yanvar oyida roman New York Times Bestselleriga aylandi[3] va 2011-yilning iyul oyida roʻyxatda 1-oʻringa chiqdi[4].

Taxtlar o‘yini

O‘zbek tilidagi ilk nashr muqovasi
Asl nomi A Game of Thrones
Muallif(lar) George R. R. Martin
Muharrir(lar) Maʼmuraxon Qutliyeva
Tarjimon(lar) Mirzohid Muzaffar
Bezovchi(lar) Firdavs Doʻstmatov
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Qismlar "Muz va olov qo‘shig‘i" epopeyasi, 1-kitob
Janr(lar)i Fantastik roman
Nashr etilgan sanasi 1-avgust, 1996-yil
Nashriyot Zabarjad Media
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 22-aprel, 2024-yil
Sahifalar soni 928 bet
ISBN ISBN 978-9943-9528-7-4
Keyingisi Qirollar toʻqnashuvi

Romanda voqealar turli nuqtai nazar va qahramonlar tilidan hikoya qilinib, Martin kitobxonga Vesteros, Devor va Targaryenlar singari zodagon xonadonlar tarixi va taqdiri taqdim etadi. Asarning bir nechta spin-off versiyalarni, jumladan, bir nechta oʻyinlarni ilhomlantirgan. Shuningdek, fantastik roman 2011-yil aprel oyida premyerasi boʻlgan HBO teleseriali „Taxtlar oʻyini“ ning birinchi faslining nomi va asosi sanaladi.

Oʻzbek tilidagi nashri tahrir

Roman koʻplab tillarga tarjima qilingan; qattiq muqovali, qogʻoz muqovali, elektron kitob, audio kitob koʻrinishida bir nechta koʻrinishlarda nashr etilgan. Turli tillardagi kitoblar soni doim ham bir xil boʻlmasligi mumkin. Misol uchun, Blanvalet va keyinchalik Penhaligon tomonidan nashr etilgan nemis qogʻozli nashrlari uchun kitob va seriyaning boshqa romanlari ikkiga boʻlingan[5]. 2000-yil iyun oyida Meysha Merlin kitobning cheklangan nashrini nashr etdi, uni Jeffri Jons toʻliq tasvirlagan.

Asar oʻzbek tiliga tarjima qilinishiga kitobxonlarning talablari sabab boʻldi. 2023-yilning 28-aprelida tarjimon Mirzohid Muzaffar oʻz blogida tarjima boʻyicha soʻrovnoma eʼlon qildi. Shu yilning 29-noyabrida esa „Zabarjad Media“ nashriyoti oʻzbekcha nashrga mualliflik va tarjima huquqini qoʻlga kiritganligini haqida xabar qildi. Asarning oʻzbek tilidagi tarjimasida Bantam Books (2015, New York) nashriyotining maxsus nashri asos qilib olingan.

Asarning oʻzbek tilidagi taqdimoti 2024-yilning 22-apreliga, soat 16:30 ga rejalashtirilgan.

Qahramonlari tahrir

Har bir bob bitta xarakter — uchinchi shaxsning cheklangan nuqtai nazariga qaratilgan; kitob sakkiz bosh qahramonning istiqboli va hikoyasini taqdim etadi. Bundan tashqari, kichik qahramon muqaddimani boshlan berishga xizmat qilgan.

Muqaddima: Will — tungi qorovul.

Asosiy qism:

  • Eddard Stark yoki „Ned“ Stark  — Shimol qoʻriqchisi va Vinterfell Lordi, Qirolning oʻng qoʻli.
  • Catelyn Stark xonim — Eddard Starkning rafiqasi va Tulli xonadoni vakilasi.
  • Sansa Stark — Eddard va Katelin Starklarning katta qizi.
  • Arya Stark — Eddard va Katelin Starklarning kenja qizi.
  • Bran Stark — Eddard va Katelin Starklarning oʻrtancha oʻgʻli.
  • Jon Snow — Eddard Starkning noqonuniy oʻgʻli.
  • Tyrion Lannister — mitti, egizaklar: qirolicha Sersey va Xeymning ukasi, lord Tayvin Lannisterning kenja oʻgʻli.
  • Malika Deyneris Targaryen — sobiq qirol Aerysning surgun qilingan qizi va merosxoʻri Aerys Viserysning singlisi .

Keyingi kitoblarda baʼzi qahramonlar nuqtai nazarlari qoʻshiladi, boshqa birlari esa olib tashlanadi.

Yozilishi tahrir

Martin romanni yozish jarayonida Sage Uoker, Martin Rayt, Melinda Snodgrass, Karl Keym, Bryus Baugh, Tim OʻBrayen, Rojer Zelazni, Jeyn Lindskold va Laura Mixonlar singari bir qancha mualliflarning tajribalaridan foydalanganligini tan oladi[6].

Madaniyatda tahrir

„Taxtlar oʻyini“ va „Muz va olov qoʻshigʻi“ seriyasidagi keyingi romanlar HBO teleseriali, komikslar seriyasi, bir nechta karta, stol, video oʻyinlari va boshqa ommaviy axborot vositalariga moslashtirilgan.

Mukofot va nominatsiyalar tahrir

  • Lokus mukofoti — eng yaxshi roman (fantastika) (yutuq) — (1997)
  • Jahon fantastika mukofoti — eng yaxshi roman (nomzod) — (1997)
  • Hyugo mukofoti — „Ajdaho qoni“ uchun eng yaxshi roman (yutuq) — (1997)
  • Nebula mukofoti — Eng yaxshi roman (nomzod) — (1997)
  • Ignotus mukofoti — Eng yaxshi roman (xorijiy) (yutuq) — (2003)

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „1997 Award Winners & Nominees“. Worlds Without End. 2009-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-iyul.
  2. „2004 Award Winners & Nominees“. Worlds Without End. 2009-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-iyul.
  3. Taylor, Ihsan. The New York Times Bestseller List“. The New York Times (2011-yil 2-yanvar). 2011-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-may.
  4. Taylor, Ihsan. The New York Times Bestseller List“. The New York Times (2011-yil 10-iyul). 2011-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-iyul.
  5. In June 2000, Meisha Merlin published a limited edition of the book, fully illustrated by Jeffrey Jones.
  6. Martin, George R. R.. Game of Thrones, 2016 Mass Market Tie-in, 1996 — 836 bet.