Taymir koʻli
Taymir koʻli - Taymir yarim oroldagi koʻl (RF Krasnoyarsk oʻlkasi). Maydoni 4560 km². Eng chuqur joyi 26 m. Uzunligi 250 km. Eni bir necha km dan 80 km gacha. Qirgʻoklari qoʻltiq va qoʻltiqchalar bilan oʻyilgan. T.ga Yuqori Taymira daryosi quyilib, Quyi Taymira daryosi oqib chiqadi. Bir yilda 3 oy muzlamaydi. Koʻlda baliq turi koʻp.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |