Tbilisidagi suv toshqini
Gurjiston poytaxti Tbilisidagi suv toshqini 2015-yilning 14-iyun kuni oʻtar kechasi roʻy berdi. Suv toshqini Tbilisidan oqib oʻtuvchi Vera daryosi sathi koʻtarlishi oqibatida sodir boʻldi. Ushbu suv toshqini mustaqil Gurjiston tarixida eng kuchlisi deb tan olindi.
Ushbu kuchli suv toshqini oqibatida koʻplab binolar, turar joy binolari, yoʻllar, koʻpriklar va shahar infratuzilmasiga kuchli ziyon keltirdi. Toshqin natijasida Tbilisi hayvonot bogʻi suv ustida qoldi va kuchli zarar koʻrdi. Undagi yovvoyi hayvonlar hayvonot bogʻi buzilishi oqibatida ozodlikka chiqib Tbilisining turli joylariga qochishdi. Qochgan hayvonlar orasida oʻnlab yovvoyi yirtqich hayvonlar, shu jumladan oltita sher, oltita yoʻlbars, yettita ayiq va oʻn uchta boʻri.
Eng ogʻir vaziyat Vake-Saburtalo trassasi atrofida ekanligi xabar qilindi. Ushbu joyda koʻplab uylar va binolar suv ostida qoldi, baʼzi binolar va uylarni kuchli sel olib ketdi. Toshqinning epimarkazi Vera daryosining quyi joyi, Tbilisi hayvonot bogʻi oldi deb aniqlandi.
Hozirgacha toshqin oqibatida 12 kishi halok boʻlgani tasdiqlangan. 200dan oriq insonlar esa toshqin oqibatida zarar koʻrgan. Zarar koʻrgan insonlarni vaqtinchalik joylarga joylash ishlari boshlangan.