Tefiya
Tefiya — Saturn sayyorasining yoʻldoshlaridan biri. Yulduz kattaligi 10,6, diametri 1050 km, sayyoradan oʻrtacha uzokligi 295000 km. T. Saturn atrofini taxminan 2 sutkada aylanib chiqadi. T.ni 1684-yilda fransuz astronomi J.Kassini ochgan. Odissey krateri (kengligi 400 km) va 3 ming km ga choʻzilib ketgan Itaka kanoni bilan mashhur. T. Quyosh sistemasidagi oʻz yoʻldoshlari (oʻlchamlari 20 km dan boʻlgan Telesto va Kalipso)ga ega bulgan yoʻldoshdir. T. 1981-yil "Voyajer1", 1982-yilda "Voyajer2" kosmik apparatlari yordamida oʻrganilgan. T., asosan, muz xrlatidagi suvdan tashkil topgan. T. baʼzan Fetida, Tefis, Tetis deb xam ataladi (ya na q. Sayyoralar yoʻldoshlari).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |