Tekila bum
Tekila bum — tekila asosida tayyorlanadigan eng mashhur kokteyllardan biri[1]. Ichimlikning oʻziga xos jihati — uning koʻpikli holatda taqdim etilishidir.
Ichimlikning oʻtkirlik darajasi taxminan 14 °[2].
Tarkibi
tahrirKlassik tekila bum tarkibi jihatidan eng oddiy kokteyllardan biri hisoblanadi. U atigi ikkita asosiy mahsulot — tekila va limonad — koʻpincha Sprite, baʼzida 7UP yoki Schweppes tonikdan tayyorlanadi. Yevropada zanjabil pivosi yoki oddiy pivo qoʻshilgan tekila bumga buyurtma berishingiz mumkin[3]. Tekila va gazlangan ichimlikning standart nisbati — ikkiga birni tashkil qiladi[4].
Kokteyl tekila slammer liniyasining (unda tekila koʻpiklanadigan sharob bilan aralashtiriladi) davomi degan nuqtai nazar ham mavjud[5].
Tayyorlanishi va taqdim etilishi
tahrirTarkibiy mahsulotlar toʻgʻridan-toʻgʻri roks stakanida aralashtiriladi (eski moda). Bir porsiyaning standart hajmi 150 ml (kamroq 90-100 ml) ga teng.
Shundan keyin oʻta muhim bosqich boshlanadi: kaft bilan yopilgan stakan (gigiena qoidalariga binoan salfetka orqali[6]) bar peshtaxtasi yoki stol yuzasiga pastki tomoni bilan uriladi; odatda bitta zarba yetarli boʻladi, ammo baʼzida ularning soni uchtaga yetishi mumkin[7]. Koʻpikli ichimlik buyurtmachiga taqdim etiladi va darhol: deyarli koʻpik holatida[8], bir koʻtarishda yoki bir necha marta tez-tez qultumlab ichish tavsiya etiladi.
Ayrim barlarda kokteylni taqdim etishning ekstremal usuli qoʻllanadi: mijozning boshiga dubulgʻa kiydiriladi, unga stakanning pastki qismi bilan uriladi[9].
Effekt
tahrirKokteylni tayyorlashda gazlangan ichimlikdan foydalanish va uni koʻpikli koʻrinishda taqdim etish alkogolning qonga juda tez va samarali singishiga sabab boʻladi, natijada mastlik yuzaga keladi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Текила-бум (Tequila Boom) самый весёлый коктейль из текилы“. www.sombrero.su. Qaraldi: 2020-yil 8-iyun.
- ↑ „Текила бум“ (ru). Едим ТВ. Qaraldi: 2020-yil 8-iyun.
- ↑ „Рецепт коктейля Текила бум (Tequila boom, Rapido)“ (ru). Мир коктейлей для настоящих гурманов (2013-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 8-iyun.
- ↑ „Текила бум. Состав, проверенный рецепт и фото коктейля Текила бум — Inshaker“ (ru). ru.inshaker.com. Qaraldi: 2020-yil 8-iyun.
- ↑ „Как правильно пить текилу“ (ru). www.passion.ru. Qaraldi: 2020-yil 8-iyun.
- ↑ „Коктейль Текила Бум (Tequila boom) / TypoBar.ru“. typobar.ru. 2019-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-iyun.
- ↑ „Текила бум – прикоснись к американской легенде“ (ru). Легендарные напитки. Qaraldi: 2020-yil 8-iyun.
- ↑ „Коктейль «Текила-бум». Рецепт“ (ru). Еда.ру. Qaraldi: 2020-yil 8-iyun.
- ↑ „Текила бум (Tequila-Boom) – взрывная алкогольная газировка“ (ru). АлкоФан. Qaraldi: 2020-yil 8-iyun.