Tektonik bukilmalar - Yer poʻstining tektonik harakatlar natijasida vujudga kelgan chiziq shaklidagi har qanday pasayishi yoki bukilishining umumiy nomi. Tektonik bukilmalar Yer pusti evolyutsiyasining turli davrlarida har xil kuchlar taʼsiri ostida paydo boʻladigan koʻpgina turlitumanlik bilan tavsiflanadi. Ular, odatda, oʻzlari bilan bir vaqtda paydo boʻlgan tektonik koʻtarilmalar bilan bogʻliq boʻladi. Tektonik bukilmalar orasida shartli ravishda bir necha guruhlar ajratilishi mumkin: geosin klinalli Tektonik bukilmalar — chuqur bukilishning tor zonalari boʻlib, choʻkindi va vulkanogen jinslarning kalin katlami bilan toʻlgan va keyinchalik burmalanishga uchragan (qarang Geosinklinal); ular, odatda, Yer poʻstining kuchli choʻzilishi sharoitida vujudga keladi. Uzun novsimon geosinklinal bukilmalar baʼzan tektonik troglar deb ataladi (N. S. Shatskiy, 1946). Odatda, ularning oʻrnida burmalanish jarayonida yirik sinklinoriylar shakllanadi. Burmalangan oblastlarning ichki (evgeosinklinal) zonasida joylashgan geosinklinal Tektonik bukilmalar okean osti Yer pusti tipida rivojlangan (mas., Uraldagi Magnitogorsk, Tagil bukilmalari); burmalangan oblastlarning tashqi (miogeosinklinal) zonasida joylashgan geosinklinal Tektonik bukilmalar kontinental (qurukdik) Yer poʻstining tagiga joylashadi. Chekka yoki old Tektonik bukilmalar togʻlar zanjirining oʻsish oldi tomondan siqilish sharoitida platformalar chetida togʻ hosil boʻlish va burmalanish epoxasida vujudga keladi (mas., Uraloldi, Aloʻyuldi, Mesopotamiya va boshqalar) va ularning yemirilish mahsuloti, asosan, molasslar bilan tuldiriladi; ularning bukilishi maʼlum miqdorda yondosh burmali togʻlarning koʻtarilishini taʼminlaydi. Geosinklinal rivojlanishining orogen etapida burmalangan oblastlarning orqa qismida togʻlararo bukilma hosil boʻladi, ular koʻtarilmalar (togʻ tizmalari) oraligʻidagi tektonik depressiyalardan iborat va chekka Tektonik bukilmalar singari molasslar bilan toʻlgan. Platforma ichki Tektonik bukilmalar ham mavjud boʻlib, bular orasida riftli bukilmalar qad. avlokogenlar kabi alohida oʻrin egallaydi. Epiplatformali orogenez jarayonida molass yotqiziklari bilan toʻldirilgan, lekin vulkanizm hodisasisiz togʻ oldi Tektonik bukilmalar vujudga keladi. Tektonik bukilmalar oldingi bukilmalar oʻrnida katta tanaffussiz vaqt davomida paydo boʻlgan va ancha qad. strukturalarda uzoq tanaffusdan keyin vujudga kelgan, nomuvofiq holda yotgan qoplamali bukilmalarga boʻlinadi. Tektonik bukilmalar qiya sinklinal, sinklinoriy, grabenlar shaklida boʻladi; baʼzi hollarda Tektonik bukilmalarning choʻkindi jinslari tektonik qoplam koʻrinishida chetga siqib chiqariladi.