Tektonofizika
Tektonofizika — tektonikaning tof jinslari qatlamlarida tektonik deformatsiyalar (burmalar, uzilmalar va boshqalar) vujudga kelishining fizik sharoitlarini oʻrganuvchi bulimi. T. bir turda tuzilmagan (mas., donali yoki qatlamli) Yer pustida sodir bulgan yirik deformatsiyalarni urganishda fizika va mexanikaning plastik deformatsiyalar va qattiq jismlar yemirilishi haqidagi tadqiqot natijalaridan foydalanadi. Tektonik deformatsiyalar uzok, vaqt va astasekin rivojlanganligi bois T.ning vazifasi — tog jinslarining plastik deformatsiyasining barcha bosqichlarini kuzatish, ularda Yer pusti uchun xos bulgan uzilishlarning tarqalishi va bu deformatsiyalarning oʻtish sharoitlarini hisobga olishdir. T. izlanishlarining asosiy maqsadi ilgari Yer poʻstida mavjud boʻlgan kuchlanish maydonlarida shakllangan tektonik strukturalar genezisini aniqlashdan iborat. T.ning ahamiyati shundaki, unda tektonik strukturalarning hosil boʻlish mexanizmi toʻgʻrisida toʻgʻri tasavvurga ega boʻlish — Yer poʻstida ularning tarqalish qonuniyatlarini oldindan koʻra bilishga imkon beradi. T.da tektonik jarayonlarning fizik modellash metodi keng qoʻllanadi. T. tadqiqotlari natijasidan chuqur jarayonlar sabablarini oʻrganish, yer qimirlashni bashoratlash, qidiruv va qazish ishlari va boshqalarda foydalaniladi. "T." termini fanga rus geologlari V. V. Belousov, M. V. Gzovskiylar tomonidan kiritilgan (1954).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |