Teleavtomatika tizimi - boshkarish obʼyektlari va avtomatik tizimning boshqarish qurilmalari birbiridan muayyan masofada joylashgan boshqarish tizimi; optimal boshkarish masalalarini hal etadi. Teleavtomatika tizimida operator (dispetcher) vazifasini avtomatik boshqarish qurilmasi toʻla yoki qisman bajaradi. Teleavtomatika tizimida telemexanika usullari va vositalaridan foydalaniladi; u koʻpincha telemexanika va avtomatik boshkarish texnika vositalarini oddiygina biriktirib tuziladi. Teleboshkarish, teleoʻlchash tizimlari va texnikaning boshqa sohalarida qoʻllanadi.