Telefontovush uzatish va qabul qilish uchun moʻljallangan telekommunikatsiyalar qurilmasidir. Odatda,tovushning mexanik energiyasini elektrik signallar energiyasiga aylantirish, masofadan uzatish va uni qaytadan tovushga aylantirish prinsipi bilan ishlaydi.

Touch Tone® telefoni.

Telefon (tele... olis va fon un = olisun) — 1) elektr signallarini tovush signallariga aylantirib beradigan elektrakustik asbob. Elektromagnitli, elektrodinamik va pyezoelektr turlariga bo'linadi. Elektromagnitli T. eng keng tarqalgan. Uning asosiy elementlari doimiy magnit, chulgʻamli qutblar va membranadan iborat. Abonent "telefon qilganida" T. signalining oʻzgaruvchan elektr toki taʼsirida membrana tebranib, tovush hosil qiladi. T. telefon apparati, turli radiotexnika asboblari va boshqa qurilmalarda ishlatiladi; 2) telefon apparatining qisqa nomi; 3) telefon aloqasining qisqa nomi.

Shuningdek tahrir