Telefon tarmoqlari
Telefon tarmoqlari - telefon aloqa oʻrnatish uchun moʻljallangan texnik inshootlar va jihozlar majmui. Unga aloqa uzeli, telefon styalari, aloqa liniyalari va abonent qurilmalari kiradi. Telefon tarmoqlari mahalliy (qishloq va shahar tarmoqlari), hududiy, shaharlararo va xalqaro xillarga boʻlinadi. Qishloq Telefon tarmoqlarida oxirgi telefon styalari oʻzaro uzel styasi orqali, uzel styalari esa markaziy stya orqali ulanadi, markaziy stya shaharlararo avtomatik telefon styaga ulanadi. Shahar Telefon tarmoqlari tumanlashtirilmagan (agar shaharda bitta stya boʻlsa) va tumanlashtirilgan (bir necha stya boʻlsa) boʻladi. Sh aharl araro Telefon tarmoqlari shaharlararo avtomat telefon styalari (SHATS), avtomat kommutatsiya uzellari (AKU), ularni oʻzaro biriktiruvchi aloqa liniyalari toʻplamidan iborat. AKU shaharlararo kanallarni tranzit (toʻgʻridantoʻgʻri) ulaydi. Xalqaro Telefon tarmoqlari xalqaror SHATS, avtomat tranzit uzellari va aloqa hamda qitʼalararo liniyalaridan iborat. Telefon tarmoqlari telefon styalari va uzellari ishi avtomatlashtirilgan, avtomat telefon stya va AKU lar tatbiq etilgan. Oʻzbekistonda Telefon tarmoqlari faoliyati "Oʻzbektelekom" AK tomonidan tartibga solib turiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |