Telenomuslar (Telenomus) -pardaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlarning urugʻi; yaydoqchi tuxumxoʻrlar. 8 turi maʼlum. Uz 0,7— 1,5 mm, kora tusli. Asosan Kavkaz va Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Lichinkasi oʻsimlik qandalalari, pashsha va kapalaklar, xasva tuxumida, parazitlik qiladi. Odatda, bir tuxumda bir, baʼzan koʻp (6— 16) parazit 2 haftadan 1,5 oygacha rivojlanadi. Ayrim turlari bir yilda 10-marta nayel beradi. T.dan oʻsimliklarni himoya qilishda zararkunandalarga karshi kurashning biologik usullarida foydalaniladi.