Telluriy
Telluriy (lot. tellus Yer) - Yerning Quyosh atrofidagi yillik harakati va oʻz oʻqi atrofidagi sutkalik aylanishini namoyish etuvchi oʻquv asbobi. T.da Yerni ifodalovchi kichikroq sharcha boʻlib, u Quyoshni ifodalovchi kattaroq sharcha atrofida, yaʼni yorugʻlik manbai (mas., reflektorli lampochka) atrofida aylanadi. T.da baʼzan Yer atrofida aylanuvchi va Oyni ifodalovchi juda kichik sharcha boʻlib, bu sharchalar yordamida Yer, Quyosh va Oyning harakati namoyish etiladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |